17 iyul kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

Jamiyat 15:04 / 19.07.2017 10740

2017 yilning 17 iyul kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 4 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 17 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 1913 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 685 tasini qo‘pol turdagi, 34 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 17 iyul kuni jami 391 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 214 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 177 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: