Turkiyada dunyodagi eng qadimiy smayl belgisi topildi

Jahon 18:18 / 18.07.2017 9731

Turkiya va italiyalik arxeologlar guruhi Turkiya-Suriya chegarasi yaqinidagi G‘oziantepa janubi-sharqi viloyatidagi Qarqamish shahridagi qazilma ishlari davomida qadimiy emoji tasviri bo‘lgan ko‘zani topishdi. Bu haqda Hürriyet Daily News xabar bermoqda‏.

«Bu mavsumdagi eng qiziq topilmalardan biri – smayl belgisiga ega ko‘zadir. Bu ko‘za sharbat, shirin ichimlik iste'moliga mo‘ljallangan bo‘lib, eramizdan avvalgi taxminan 1700 yilda yaratilgan. Biz, aftidan, dunyodagi eng qadimiy smayl belgisini topdik. Ustalar bu belgini ko‘zaga nima maqsadda chizishganini bilmaymiz, biroq, uni tabassum, deb atamoqdamiz», - deya xabar berdi arxeologlar guruhi rahbari, Boloniya universiteti professori Nikolo Marketti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘za G‘oziantepa arxeologik muzeyiga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: