«Saudiya va Eron mojaroga kirishmasligi kerak» - Zarif Ar-Riyodga hamkorlikni taklif qilmoqda

Jahon 15:00 / 18.07.2017 6041

Tehron mintaqadagi muammolarni hal qilishda Ar-Riyod bilan hamkorlikka umid qilmoqda.

«Eron va Saudiya Arabistoni Yaman masalasi bo‘yicha qarama-qarshilikka qaramay, Suriyadagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha sa'y-harakatlarni amalga oshirishi mumkin», - degan Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Nyu-Yorkda xalqaro munosabatlar bo‘yicha Kengashdagi muhokamalar chog‘ida.

«Saudiya Arabistoni va Eron mojaroga kirishmasligi kerak. Bunga zarurat yo‘q. Bizning davlatlar Yaqin Sharqda bir-biriga ta'sir ko‘rsatishni minimal darajaga tushirishga intilishi kerak emas», - degan Eron tashqi siyosat idorasi rahbari.

Bundan tashqari, Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadro kelishuviga nisbatan tanqidiga javob qaytardi. Uning ta'kidlashicha, Tehron o‘z majburiyatlarini bajarmoqda va ularga jiddiylik bilan yondashmoqda.

Diplomatiya rahbarining aytishicha, amerikalik hamkasbi Reks Tillerson bilan bu masalani muhokama qilmagan, biroq Eron manfaatdor tomonlar bilan konstruktiv muloqotga har doim tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: