Poroshenko «DXR» rahbarining yangi davlat tuzish haqidagi bayonotiga izoh berdi

Jahon 14:30 / 18.07.2017 17430

“DXR” hukumatining yangi davlat tuzish rejalari haqidagi bayonotidan so‘ng, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyev Donbass va Qrim ustidan suverenitetni tiklashi haqida xabar berdi.

«Novorossiya» loyihasi ko‘mildi. Ukraina Donbass va Qrim ustidan suverenitetni tiklaydi», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi uning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Twitter’da.

Avvalroq “DXR” rahbari Aleksandr Zaxarchenko yangi davlat – Malorossiyani tuzish haqida bayonot berdi.

Ko‘proq yangiliklar: