«Neksiya», «Kobalt» va «Spark» o‘g‘rilari ushlandi

Jamiyat 17:31 / 18.07.2017 9328

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB respublika hududida fosh etilgan transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi.

2017 yil 7 iyul kuni soat 04:30 larda tushgan xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Paxtaboshi qishlog‘i hududida kaliti ichida, qarovsiz qoldirilgan, shu qishloqda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Q.A.ga tegishli «NeKSIYa» rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochilib, Sohibkor m.f.y. hududida to‘xtab turgan «CASE-3 8940» rusumli traktorini orqa qismiga urib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Paxtaboshi qishlog‘ida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.A. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 10 iyul kuni ushlangan.

2017 yil 9 iyul kuni soat 22:20 dan 10 iyul kuni soat 03:30 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs tomonidan Toshkent shahar, Chilonzor tumani D20-2-uy oldida kaliti ichida, qarovsiz qoldirilgan, shu uyda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.D.ga tegishli “KOBALT” rusumli avtomobili olib qochilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Uchtepa tumani, 11-mavze, 2-uyda joylashgan “Malish” do‘koni qarshisida beton bardyurga urilgan holda topilgan. Noma'lum shaxs avtomobil salonidagi 400.000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-taroj qilib, voqea joyida avtomobilni tashlab yashiringan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Yu.G‘. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 12 iyul kuni ushlangan.

2017 yil 13 iyul kuni soat 17:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, THAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida, noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Zangiota tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan R.R.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda R.R. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Buxoro viloyati yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan X.K. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan «KOBALT» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 14 iyul kuni ushlangan.

2017 yil 15 iyul kuni soat 13:30 dan soat 17:20 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs tomonidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri hududida qarovsiz, ochiq holda kaliti bilan qoldirilgan, Samarqand shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan I.A.ga tegishli «SPARK» rusumli avtomobili olib qochilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil 16 iyul kuni Samarqand tumanida joylashgan «Sayfullayev Sayfiddin» fermer xo‘jaligi hududidan topilib, ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan X.I. sodir etganligi aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: