Eron Saudiya Arabistoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ixtilof yuz bermasligiga umid qilmoqda

Jahon 08:13 / 18.07.2017 6284

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning Yamandagi mojaro Eron hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ixtilofga olib kelmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Shuningdek, vazirning bildirishicha, Arabiston yarim orolidagi fuqarolik urushidan “hech kim yutmaydi”.

“Biz, albatta, umid qilamizki, Yaman yoki Suriyadagi vaziyat bo‘yicha bir-birimiz bilan kelisha olmasak ham, bu vaziyatlarga barham berish uchun birgalikda ishlashda davom eta olamiz”, - deya aytib o‘tdi Zarif Nyu-Yorkka tashrifi davomida.

Ko‘proq yangiliklar: