100 tadan ko‘p iPhone'ni o‘ziga bog‘lab olgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Fan-texnika 19:34 / 18.07.2017 36020

Xitoyda, Hongkong va Shenchjen o‘rtasidagi chegarada 102 ta iPhone’ni o‘ziga bog‘lab olgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Kotaku yozmoqda.
 
Xabar berilishicha, bojxona xizmati xodimlarining e'tiborini ayolning tashqi ko‘rinishi o‘ziga tortgan. U juda issiq kiyingan, tanasining tepa qismi esa xuddi “shishirilgandek” edi. Ular gumonlanuvchini metall buyumlarini qidirish qurilmasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Natijada ayoldan 102 ta turli modeldagi iPhone smartfoni va 15 ta Tissot soatlari topildi, ular tanaga bog‘lab qo‘yilgan bo‘lgan. Kontrabandaning umumiy og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq ekani aytilmoqda. Endilikda ushbu ayol uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: