Samarqandlik tadbirkor va fermerlar murojaatlarini joyida hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Fan-texnika 10:31 / 17.07.2017 5952

“O‘zbekiston” telekanalining “Tadbirkor davri” tok-shousi Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Unda tadbirkor va fermerlar bevosita qatnashishi yoki murojaat hamda takliflarini maxsus jalb etilgan ekspertlar ishtirokida muhokama qilib, joyida hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rsatuv 2017 yil 19 iyul kuni soat 10.00 da Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida tasvirga olinadi. 

Tadbirkorlikka oid savol, taklif va murojaatlarni (90) 903-99-12 telefon raqamiga Telegramm messendjyeri orqali yo‘llash mumkin. Murojaatlar bugundan qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: