Innovatsiya barcha yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

Fan-texnika 12:10 / 17.07.2017 12795

QHTBT portalida “Ilmiy va innovatsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi. Norma.uz’ning yozishicha, loyiha:

•  ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
•  ilmiy va innovatsiya faoliyati sub'yektlari, obektlari va infratuzilmasini;
•  sohani boshqarish tizimini;
•  uni moliyalashtirish mexanizmini belgilaydi.

Davlat  ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi. Xususan, ilmiy faoliyatni moliyalashtirishning har xil turlari nazarda tutilmoqda: bazaviy, grant, maqsadli, aralash va nodir obektlarni saqlashni moliyalashtirish.

Ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsiya faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu munosabatlar sub'yektlari bo‘ladi.

Loyihada davlat ilmiy va oliy ta'lim muassasalari ilmiy xodimlariga ilmiy darajalar berish tartibi, shuningdek ularni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari (har yilgi davomli ta'tillar va h.k.) ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, innovatsiya bu – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat va b.) ko‘rinishida ro‘yobga chiqarilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va (yoki) texnologik ishlarning oxirgi natijasidir.

Qonun loyihasi bilan innovatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: