Ilon Mask insoniyatga eng katta tahdid nima ekanini aytdi 

Fan-texnika 09:08 / 17.07.2017 16823

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask, gubernatorlar milliy assotsiatsiyasida chiqish qilar ekan, "sun'iy idrok insoniyat sivilizatsiya sifatida to‘qnash keladigan eng asosiy tahdid bo‘lishi" haqida ma'lum qildi, deb yozmoqda Fortune jurnali.

Maskning fikricha, ishlab chiqaruvchilar ilg‘or texnologiyalar ortidan quvib, sun'iy idrokdan keluvchi xavf-xatarlarni yoddan chiqarib qo‘yishlari mumkin.

"Robotlar urush boshlashi, yolg‘on xabarlar va matbuot-relizlari tarqatishi, axborotdan salbiy maqsadda foydalanishi mumkin. Qalam qilichdan kuchliroq", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

SpaceX va Tesla rahbarining qayd etishicha, eng ilg‘or sun'iy idrok haqida juda batafsil ma'lumotga ega, shuning uchun u o‘z so‘zlariga ishonishni so‘ragan.

Uning fikricha, bu sohada davlatlarning o‘rni muhim, ular kompaniyalarni yangi sun'iy intellekt ortidan quvishda biroz "bosib turishi" mumkin.

Avvalroq Ilon Mask dunyodagi eng katta litiy-ionli akkumulyatorni zudlik bilan ishlab chiqishni va'da qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: