Ibrahimovich rekord shartnomadan voz kechdi 

Sport 08:31 / 17.07.2017 16405

Hujumchi Zlatan Ibrahimovich «Los-Anjyeles Gelaksi»ga o‘tishdan bosh tortdi, sababi «Manchester Yunayted»ga qaytish haqida o‘ylamoqda, deb xabar berdi Tribuna.uz The Sun’ga asosan.

Avvalroq Kaliforniya jamoasi shvetsiyalik futbolchiga yiliga 7,7 mln dollarlik ish haqiga ega shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Agarda Zlatan ushbu taklifni qabul qilganida, MLS tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylanardi. Biroq 35 yoshli Ibrahimovich tizzadagi jarohatidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda va «MYu» bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.

O‘tgan mavsumda Ibrahimovich APLda 28 uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Zlatan «MYu» bilan Angliya superkubogi, Liga kubogi va Yevropa ligasida g‘alaba qozongan.

Ko‘proq yangiliklar: