Foto: Yaponiyadagi noodatiy shaklga ega quyoshli panellar

Fan-texnika 20:38 / 17.07.2017 11880

Yaponiya 2011 yilda yuz bergan zilzila va Fukusimadagi yadro falokatidan so‘ng yadro energetikasiga elektr quvvatini ishlab chiqarishdagi asosiy manba sifatida qarashini o‘zgartirdi. Muqobil variantlarni izlashdagi yo‘llardan biri – quvvat olish uchun qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanadigan ko‘plab qurilmalarning paydo bo‘lishidir.

Inson uchun katta xatarga ega bo‘lmagani sabab, quyosh panellarini turar-joy binolari va guruch maydonlariga yaqin yerda o‘rnatish mumkin. Bundan tashqari, uning ancha kichik hajmlari noodatiy shakllarni yaratishda ham qo‘l keladi. Ular, ayniqsa, balandlikdan ajoyib ko‘rinishga ega.

Fotosuratchi Jyeymi Stillings o‘zining «O‘zgarayotgan istiqbollar: Yaponiya» loyihasi uchun havodan eski golf maydonchalari, konlar, to‘g‘onlar, sun'iy orollar va suv omborlaridagi platformalarda o‘rnatilgan o‘nlab quyoshli batareyalarga ega qurilmalarni tasvirga tushirdi. Suratlar yakunda bir vaqtning o‘zi Hyuston va Nyu-Yorkda ochilgan shaxsiy ko‘rgazmalarga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: