Bryusselda ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston 17:37 / 17.07.2017 4618

2017 yilning 17 iyul kuni “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryussel shahriga tashrifi doirasida Turistik agentliklar va turoperatorlar Yevropa assotsiatsiyasi hamda Bandua Communications Unipressoal LDA (Belgiya) kompaniyasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Turistik agentliklar va turoperatorlar Yevropa assotsiatsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Bandua Communications Unipressoal LDA (Belgiya) kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi milliy turistik mahsulotini TV5 Monde kanallarida targ‘ib qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: