20 yil muqaddam 20 ming dollarlik noutbuk qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?

Fan-texnika 00:30 / 17.07.2017 18076

Bloger juda ko‘hna, biroq hamon ishlaydigan Hewlett Packard J2300 noutbukini uchratib qolgan.

Lazy Game Reviews YouTube-kanalining muallifi Hewlett Packard kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilk noutbuklardan biri J2300 haqida rolik e'lon qilgan. Juda og‘ir qurilma "portativ" deb atalgan va bir necha kilogramm tosh bosgan hamda 20 ming dollar turgan.

Bloger noutbukda Windows 95’ni ishga tushirib, Doom o‘yinining birinchi qismini ko‘rsatgan, noutbukning tashqi ko‘rinishi undagi ko‘plab bo‘lmalarni sanab chiqqan. Uning ichida uydan tashqarida ishlash uchun kichik sichqoncha ham bor.

Ayni kunlarda eBay internet-auksionida Hewlett Packard J2300’ni 300 dollarga topish mumkin va bu zamonaviy noutbuklarning aksariyatidan arzon.

Ko‘proq yangiliklar: