Nokia 8 flagmani xarakteristikasi, narxi va savdosining boshlanish muddati Internetda tarqaldi

Fan-texnika 00:41 / 16.07.2017 21797

Bu yil Nokia yana to‘rtta yangi smartfon taqdim etishi mumkin. Ulardan biri — Nokia 8’ning texnik xarakteristikasi, narxi, sotilishining boshlanish muddatlari Internet tarmog‘ida tarqalib ulgurdi.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Nokia 8 avvalroq tarqalgan, Snapdragon 660 protsessoriga ters o‘laroq, Qualcomm Snapdragon 835 protsessori bilan ta'minlandi. Yangi qurilmaning tezkor xotirasi 4 Gb, doimiy xotirasi 64 Gb bo‘lishi kutilmoqda. Yevropa uchun chiqariladigan modellar qo‘shimcha sim-karta uchun bo‘lma bilan ta'minlanishi aytilmoqda.

Nokia 8’ning kamerasi va displeyi haqida aniq axborot yo‘q. Eskiroq xabarga ko‘ra, Nokia 8 5,7 dyuymli, 2K zichlikli ekran, qo‘shma asosiy fotomodulga ega bo‘ladi. Yana shunisi ma'lumki, smartfon savdoga bir necha tusda (jumladan, havorang, kumushrang, qizil tillarang, ko‘k-tillarang) chiqariladi. Savdoning boshida ulardan qay birini dastlab sotib olish mumkinligi xabar qilinmagan.

Yevropada smartfon, aftidan, 31 iyulda 600 yevroga yaqin narxda savdoga chiqariladi. Boshqa bozorlarda (deylik, Xitoyda) Nokia 8 ancha arzon narxlarda savdoga chiqarilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: