Malayziya hukumati Telegram’ni bloklamaydigan bo‘ldi

Fan-texnika 21:15 / 16.07.2017 6398

Malayziya hukumati Telegram messenjeri orqali uzatiladigan xabarlarni kuzatishda davom etadi, ammo uni bloklamaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Homidiy ma'lum qilgan.

«Ichki ishlar vazirligi, jumladan, aksilterror bo‘linmalar ushbu messenjerda ekstremizm elementlarini aniqlamadi. Lekin biz u yerdagi xabarlarni kuzatishda davom etamiz», — deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirgan «Izvestiya» nashri.

U shuningdek, Malayziya hukumati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqini hurmat qilishini qo‘shimcha qilgan.

Bundan avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov Indoneziyada messenjer bloklanishidan keyin ushbu mamlakat hukumati vakillari bilan uchrashishga rozi ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: