OAV: Ekvadorda avtobus ag‘darilib, yonib ketdi. Qurbonlar bor

Jahon 22:11 / 15.07.2017 3549

Lotin Amerikasining Ekvador davlatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 14 kishi halok bo‘lib, 26 kishi jabrlangan. Bu haqda mahalliy El Comercio gazetasi yozmoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus Ekvador Kito shahrian La-Mana shahriga qatnovni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Hozircha, noma'lum sabablarga, avtobus magistral yo‘lda ag‘darilgan va yonib ketgan. 

Politsiya fojia yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qurbonlar soni oshishi mumkinligi rad etilmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: