Mourino Morata transferidagi muammo haqida gapirdi

Sport 19:16 / 15.07.2017 10358

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino mankunianliklar "Real Madrid" bilan Alvaro Morata transferi borasida kelisha olmaganini tasdiqladi. 

"Menga bizga tegishli bo‘lmagan o‘yinchilar haqida gapirish yoqmaydi, Morata bizning o‘yinchi emas. Men "Real" o‘yinchisi haqida gapirish uchun hech kimmasman. Ha, bizda qiziqish bor edi, bu aniq va ma'lum edi. Shuningdek, biz moddiy tomonlama kelishuvga erisha olmaganimiz ham kundek ravshan.

Biroq o‘z o‘yinchilariga o‘zlari istagan narxni so‘rash – "Real"ning haqi. Biz "Real" o‘yinchilarining narx qo‘ymaymiz – buni "Real"ning o‘zi qiladi va biz kelishuvga erisha olmadik", – dedi Mourino. 

Ko‘proq yangiliklar: