LADA Vesta SW Cross kuz mavsumida sotuvga chiqadi

Fan-texnika 22:15 / 15.07.2017 19931

VAZ kompaniyasining yangi LADA Vesta SW Cross modeli shu yilning kuzida, oktabr-noyabr oylarida sotuvga chiqadi. Bu haqda "AvtoVAZ" avtokonserni prezidenti Nikolya Mor Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan model taqdimotida ma'lum qildi. 

"LADA Vesta SW Cross avtomobili yilning so‘nggi choragida, taxminan oktabr-noyabr oylarida sotuvga chiqariladi, ammo hozircha muddat aniqlangani yo‘q", - degan Mor. "AvtoVAZ" rahbari, shuningdek, yangi model narxiga ham oydinlik kiritmagan. "Narxini kuzda bilib olasiz", - deya ta'kidlagan Nikolya Mor. 

Avval xabar berilganidek, LADA Vesta SW Cross krossoverga o‘xshash ekspressiv dizaynga ega. 

LADA Vesta Renault-Nissan alyansi mutaxassislari ishtirokida "AvtoVAZ" muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan LADA B/S platformasida barpo etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: