Damashq Raqqa va Dayr az Zordagi 4 ta neft koni nazoratini tikladi

Jahon 18:08 / 15.07.2017 4870

Suriya hukumati kuchlari Raqqa va Dayr az Zor viloyatlaridagi 4ta neft maydonlari ustidan nazoratni qayta qo‘lga kiritdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Suriyadagi harbiy manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

"Suriya armiyasi Raqqaning janubiy qismi va Dayr az Zor g‘arbidagi qator aholi punktlari ustidan nazoratni qaytardi. Tbisan, Vahab, Fahad va Kabir neft maydonlari ustidan nazorat tiklandi", — degan agentlik subatdoshi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning ko‘plab tumanlaridagi vaziyat ijobiy. Armiya hujumni davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: