Ukrainada "chegara devori" qurilishida 3,8 million dollar o‘zlashtirilgan

Jahon 09:53 / 14.07.2017 6046

Ukraina Bosh prokuraturasi Rossiya bilan chegarada devor qurish uchun ajratilgan mablag‘larning yirik miqdorda o‘zlashtirilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochib, surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘marilgan mablag‘ miqdori 3,8 mln dollardan ortiqdir. 

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari chegara xizmati uchun mahsulotlar va materiallar xarid qilishda byudjyet mablag‘larini talon-taroj qilish va keyinchalik uni o‘zlashtirish tizimini aniqlagan.

Tergovchilar chegara xizmati xodimlarining ushbu jinoyatga aloqadorligini isbotlovchi daliliy hujjatlarni olishgan, deyiladi xabarda. 

2015 yili Kiyev hukumati "Devor" loyihasini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, Rossiya bilan chegaralarda kuchli mudofaa inshootlarini qurish rejalashtirilgan edi. Keyinchalik u "Yevropa vali" deb ataldi. Loyiha 4 yilda tamomlanishi va davlat byudjyetidan 4,1 milliard griven (160 million dollar atrofida) sarflanishi belgilangandi. Biroq, 2015 va 2016 yillarda devor qurish ishlarini moliyalashtirish deyarli 2 marta qisqartirildi. 

Shu yilning iyun oyida Oliy rada Ukraina hukumatining "Devor" qurilishida muvaffaqiyatga erisha olmaganini tan oldi. Deputat Mustafa Nayyem bu loyihani "afsona" deb atadi.

Ko‘proq yangiliklar: