Foto: Toshkent ko‘chalarida «Yamal» vezdexodi

Jamiyat 11:46 / 14.07.2017 39892

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Toshkent ko‘chalarida vezdexodni (har qanday yo‘lda yoki yo‘lsiz joylarda ham yura oladigan mashina) payqashdi. 

Suratdagi transport vositasi UAZ Patriot avtomobillari negizida yaratilgan «Yamal» vezdexodi ekani aytilmoqda. Mashina eng chekka shimoliy hududlardagi ishlarga mo‘ljallab loyihalashtirilgan.

«O‘zbekistonda bunday vezdexodga talab bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar bormi? Bizda bunday botqoqliklar yo‘q-ku», - deya hayron qolgan foydalanuvchilardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Angrendan bo‘lib, ochiq tarzda ko‘mir qazib olinuvchi konda ishlagan. «Hatto o‘sha yerda ham ularga talab yo‘q. Oddiy Hunter va 4×4 uaziklar barcha ishni uddalab ketadi», - deya yozgan u.

Yana bir foydalanuvchining yozishicha, «yaqinda kimdir bu mashinani to‘yi sabab ijaraga olishi aniq».

Suratlar manbasi: Facebook/Voditeli Tashkenta 

Ko‘proq yangiliklar: