Dani Alves «Yuventus»dan ketishi sababini aytib berdi

Sport 10:27 / 14.07.2017 10688

Endilikda «Yuventus»ning sobiq himoyachisi, «PSJ» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Dani Alves Turin klubidagi muammolari haqida aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga kiyim almashtirish xonasida musiqa eshitishiga qo‘yishmagan.

«Menda ba'zi muammolar boshlandi, menga maydondan tashqarida maydondagi kabi munosabat qilishmadi. Menga bu jamoaga kirishishim uchun vaqt kerak edi. Kiyim almashtirish xonasida musiqa qo‘yishimga ruxsat berishmasdi. Axir men musiqasiz va raqslarsiz yashay olmayman.

Men telbaroqman, tartiblarni o‘zgartirishni istaydigan odamman. Menga jamoada zavqli muhit bo‘lishi yoqadi, bu jamoada esa o‘zimni yolg‘iz his qilardim. Menga shubha bilan qarashayotgandek bo‘lardi. Vaqt o‘tib ahvol biroz yaxshilandi, «Yuventus» esa ajoyib mavsum o‘tkazdi», deya Alvesning so‘zlarini keltirgan Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, ushbu braziliyalik futbolchi «Yuventus» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va erkin agent maqomida «PSJ» safiga kelib qo‘shildi.

Ko‘proq yangiliklar: