Boyqo‘ng‘irdan bortida 73 ta sun'iy yo‘ldosh bo‘lgan raketa uchirildi

Fan-texnika 12:06 / 14.07.2017 13978

Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Soyuz-2.1A» raketasi parvoz qildi, deb xabar bermoqda RT.

Raketa bortida rekord miqdordagi sun'iy yo‘ldosh bor – 73 ta.

«Raketa starti yaxshi o‘tdi», - deya ma'lum qilishgan Roskosmosda.

Bortda «Kanopus-V-IK» fazoviy apparati va 72 ta kichik sun'iy yo‘ldoshlar guruhi borligi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: