Profilaktika o‘z samarasini bermoqda: internet-kafelarda voyaga yetmaganlar aniqlanmadi

Jamiyat 21:17 / 13.07.2017 5164

13 iyul kuni Toshkent IIBBda profilaktika kuni munosabati bilan matbuot brifingi tashkil etildi. Unda ishtirok etgan IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida shahardagi 34 ta internet-kafelar va tungi klublarda reydlar o‘tkazilgan. 

Uning ta'kidlashicha, 7-13 iyul oralig‘ida tungi soat 22:00 dan so‘ng internet-klublarida voyaga yetmaganlarning tashrif buyurish holatlari aniqlanmagan.

Bu esa ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning o‘z samarasini berayotganligidan dalolatdir. 

Ko‘proq yangiliklar: