Nokia yil oxiriga qadar yana qancha smartfon chiqarishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 19:21 / 13.07.2017 7264

Tarmoqda Nokia kompaniyasi 2017 yilda yettita smartfon chiqarishni mo‘ljallayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Yaqin oylar ichida esa to‘rtta yangi qurilma taqdim etilishi mumkin.

Birinchi bo‘lib Snapdragon 430 protsessorida ishlovchi Nokia 6 gadjyeti taqdim etildi. Keyinchalik Mobile World Congress 2017’da Nokia 3 va Nokia 5 namoyish etildi, ular MediaTek MT6737 va Snapdragon 430 chiplariga ega. Endi esa Nokia Nokia 2, Nokia 7, Nokia 8 va Nokia 9 modellarini chiqarishi kutilmoqda.

Nokia 2’da Snapdragon 212 yoki MediaTek protsessori o‘rnatiladi. Bu esa, qurilma ancha hamyonbop bo‘lishidan darak beradi, deb yozmoqda Gizmochina.

Nokia 7 Snapdragon 630 chipsetiga ega bo‘lsa, Nokia 8 Snapdragon 660’dan foydalangani tufayli ancha kuchli smartfonga aylanadi. Bundan tashqari,  "sakkizinchi" Nokia “yettinchi”sidan ikkita Zeiss kamerasi bilan ajralib turadi. Kutilishicha, gadjyet 2K ekrani, 6 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Nokia 9 Snapdragon 835’da ishlaydi. Unda 5,3 dyuymli QHD-displey, 13-megapikselli kamera va 8 GB operativ xotira bo‘ladi.

Nokia vakillarining ma'lum qilishicha, 2017 yilda planshetlar chiqarilmaydi. Bundan tashqari, Nokia 4 smartfoni ham bo‘lmaydi, sababi to‘rt raqami ba'zi davlatlar madaniyatida salbiy obrazga ega ekan. Kutilishicha, Nokia 9, Nokia 8, Nokia 7 va Nokia 2 IFA 2017’da taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: