Muskat yong‘og‘idan mentolga nisbatan 30 marta samarali yaxlatuvchi birikma ajratib olindi

Light 12:02 / 13.07.2017 15899

Yaponiyalik kimyogarlar sovuqlik va mentol retseptori deb ham ataluvchi, ionli kanalli aktivlashtiruvchi birikmani ajratib olishdi, deb xabar bermoqda elementy.ru.

Ionli kanal bilan o‘zaro ta'sirlashib, bu birikma kishining og‘iz bo‘shlig‘ida sovuqni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Muskat yong‘og‘idan olingan, sovuq sezgisini aktivlashtiruvchi neolignanlar sinfiga oid yangi birikma mentoldan 30 marta samaraliroq deyilmoqda. Agar neolignan xavfsiz ekanligi isbotlancha, undan tish pastalari va og‘iz chayish uchun eritmalarda foydalanila boshlanadi.

Tarkibida mentol bo‘lgan tish pastasi bilan tishimizni tozalaganimizda, mentolli qandlar shimganimizda og‘iz bo‘shlig‘imizdagi yaxlashni hammamiz tuyganmiz. Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan yaxlatuvchi moddalar ichida eng mashhur turli kosmetik va tibbiy mahsulotlarda nafaqat ajoyib ta'mi, balkim mahalliy anesteziya uchun ham foydalaniladi. Mentolning bunday mashhurligi uni keng miqyosda ishlab chiqarish osonligi bilan tushuntiriladi.

Ha, mentol ilk marta yalpizning efir moyi sifatida ajratib olingan va identifikatsiya qilingan va yalpiz sharafiga (lotincha mentha — yalpiz) nomlangan, biroq olinayotgan tabiiy mentol miqdori oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati talabini qondirish uchun yetarli emas, shu sababli uni hozir sun'iy yo‘l bilan olishga o‘tib ketilgan.

Mentolning bir qancha kamchiliklari bor: kam miqdorda uning retseptorlarga ta'siri bilinmas va tezda o‘tib ketadi, ko‘proq miqdorda esa shilliq qavat yoki terining noxush qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli sovuq hissini chaqiradigan moddalarni hanuz dolzarbligicha qolmoqda, boz ustiga so‘nggi paytlarda jamiyatdagi talablarni hisobga olib, ishlab chiqaruvchilar bunday moddalarni tabiiy narsalardan ajratib olishga e'tiborni kuchaytirgan.

Ko‘proq yangiliklar: