«Milan» hayron qoldirishda davom etadi. Navbatda «top» transfer

Sport 08:28 / 13.07.2017 17803

«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Milan»ga o‘tishga yaqin. Tribuna.uz yozishicha, 30 yoshli italiyalik futbolchi Milan klubiga o‘tishga rozilik bergan. Manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu futbolchiga milanliklar yetti million yevrolik maosh taklif qilishgan.

«Milan» «Keksa sinoralar» rahbariyatiga ushbu transfer bo‘yicha so‘rov yo‘llashgan. Milanliklar taklifiga ko‘ra Bonuchchi uchun ikki himoyachi – De Shilo va Romanoli beriladi yoki tovon puli to‘lanadi.

Bonuchchi va «Yuventus» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2021 yilgacha, futbolchi 2010 yildan buyon turinliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Italiya chempionati doirasida 29 uchrashuv o‘tkazdi va 3 gol urdi. U Chempionlar ligasida ham 11 o‘yinda maydonga tushgan va bir golga muallif bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, u yozgi transferlarda eng talabgir futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. Unga «Manchester Siti», «Real» va «Chelsi» klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: