«Meyvezerga qarshi Krishtianu Ronaldu ham jang qila oladi»

Sport 13:39 / 13.07.2017 28251

Rossiyalik aralash jang ustasi Habib Nurmagomedov shu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan Konor MakGregor hamda Floyd Meyvezerga qarshi jang haqida fikr bildirdi.

Ayni vaqtda Qozonda MMA bo‘yicha seminar o‘tkazayotgan Habib MakGregorning Meyvezer bilan jangi axmoqlik ekanini ta'kidladi.

«Floydga qarshi Krishtianu Ronaldu ham jang qilishi mumkin. Konor jang qilyapti-ku nimaga unga mumkin emas? Hamma uchun qiziqarli bo‘lardi professional bokschi professional futbolchini urayotgani»,- degan Habib.

Bu bilan rossiyalik sportchi Makgregorni mazax qilgan. U Toshkentga kelgan vaqtida Makgregorning Meyvezerga qarshi jang qilish qarorini axmoqlik deb atagan va Meyvezer dunyoning eng zo‘r bokschisi ekanini ta'kidlagandi.

Nurmagamedov va Ronaldu bir-birlarini hurmat qilishlari bir necha oy oldin ma'lum bo‘lgandi. Aprel oyida Nurmagomedov instagram sahifasida «Real»ni eng yaxshi jamoa deb atagan va Madrid klubi haqida post qoldirgandi. Bu postga fikr bildirgan Ronaldu Habibni «Top brother» (Ajoyib birodar) deb atagandi.

Ko‘proq yangiliklar: