FIFAdagi korrupsiya mojarosining eng asosiy “qahramon”laridan biri vafot etdi

Sport 12:09 / 13.07.2017 7630

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ijroiya qo‘mitasi sobiq a'zosi va Shimoliy hamda Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) sobiq bosh kotibi amerikalik Chak Bleyzer 72 yoshidan hayotdan ko‘z yumdi. U FIFAdagi korrupsiya mojarosining eng muhim "qahramon"laridan biri edi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

2013 yilda Bleyzer soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganini tan oldi hamda FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zolari pora olganini aytib o‘tdi. Uning ma'lumotlari 1998 va 2010 yilgi Jahon chempionati mezbon davlatini aniqlashga tegishli bo‘lgan. Uning ko‘rsatmalari asosida 2015 yilning mayida, FIFA rahbari saylovlariga bir kun qolganida, tashkilotning yuqori mansabli qator amaldorlari hibsga olindi.

2015 yilning iyulida FIFA Bleyzerni futbol bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat turidan umrbod chetlatdi.

Ko‘proq yangiliklar: