«Yandeks» va Uber qo‘shma kompaniya tashkil etadi

Fan-texnika 15:20 / 13.07.2017 3360

«Yandeks» va Uber taksilarga onlayn-buyurtma bo‘yicha o‘z bizneslarini birlashtirish va buning uchun yangi kompaniya tashkil etish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda «Yandeks» blogida xabar berildi.

Ta'kidlanishicha, kompaniya Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya va Qozog‘istonda ishlaydi.

Xabarlarga ko‘ra, «Yandeks» va Uber yangi kompaniyaga mos ravishda 225 va 100 mln dollardan sarmoya kiritish haqidagi qarorga kelishgan, qo‘shma kompaniya 3,725 mlrd dollarga baholanadi.

«Yandeks.Taksi» servisi bosh direktori Tigran Xudaverdyanning qayd etishicha, kompaniyaning 59,3 foizi «Yandeks»ga, 36,6 foizi Uber’ga, 4,1 foizi esa qo‘shma kompaniya xodimlariga tegishli bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: