Toshkentda bir kunda 6 ta YTH yuz berdi, 1 kishi vafot etdi

O‘zbekiston 13:21 / 12.07.2017 6826

2017 yilning 10 iyul kuni Toshkent shahri hududida 6 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 6 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 10 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2238 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 710 tasini qo‘pol turdagi, 32 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 10 iyul kuni jami 1041 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 488 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 553 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: