Samarqand - madaniyatlar chorrahasi

O‘zbekiston 20:46 / 12.07.2017 5471

Samarqand shahrida YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ana shu nomdagi seminar o‘tkazildi.

Seminarda YuNeSKO hamda tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda  Madaniyat vazirligi madaniy meros obektlarini muhofaza qilish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi mutaxassislari madaniy meros obektlarining menejment loyihasi bo‘yicha tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tinglovchilar uchun ma'ruza qildilar, deb yozadi «Zarafshon» gazetasi.

— Bugun yer yuzidagi 165 davlatda joylashgan 1052 obekt Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan, — deydi YuNeSKO vakili Ona Vileykis. — 2001 yilda Samarqand shahri va uning tarixiy arxitektura va arxeologik yodgorliklari «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan YuNeSKO Butunjahon meroslari ro‘yxatiga kirgan. 

Bugungi kunda dunyodagi 70 foiz madaniy yodgorliklarning boshqaruv rejasi bo‘lmagani sababli ularga zarar yetkazish xavfi yuzaga kelmoqda. Anjuman davomida ana shu muammolarning oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tdik, taklif va tavsiyalarni umumlashtirib oldik.

Seminar davomida nafaqat tarixiy obidalar, balki milliy hunarmandchilik, Samarqand aholisining uy-joy qurilishidagi o‘ziga xos an'analari, milliy shaharsozlik va hatto shahar ichidagi qadimiy hovuzlargacha barchasi madaniy boylik ekani, ularni saqlab qolish masalalari muhokama etildi.

Ko‘proq yangiliklar: