Buxoro viloyatida yo‘l-transport hodisalari natijasida vafot etganlar soni ko‘paydi

Jamiyat 21:38 / 12.07.2017 14021

Buxoro viloyat hududida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining tahlillariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari asosan umumfoydalanishdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida qayd etilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Buni inobatga olgan, Buxoro viloyati IIB YHXB rahbariyati YPX inspektorlarining dislokatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritib, mazkur avtomobil yo‘llarini alohida masofalarga bo‘lib, YPX inspektorlarining patrul avtomobillari bilan ta'minlangan kunduzgi va tungi mobil guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB  Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Viloyat hududida yo‘llarda harakatlanish qoidalarini targ‘ibot qilish maqsadida ommaviy axborot vositalaridan 75 marotaba, jumladan, ro‘znomalarda 24 marotaba, radio orqali 29 marotaba, televideniye orqali esa 22 marotaba chiqishlar qilindi. Bundan tashqari, avtokorxona va tashkilotlarda 2057 marotaba, mahallalarda 302 marotaba, maktablarda 
524 marotaba suhbatlar o‘tkazildi. 

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash faoliyatini targ‘ibot va tashviqot qilish maqsadida avtomobil yo‘llariga, fuqarolar ko‘plab to‘planadigan joylarga 26 ta panno va bannerlar, 6 ta «Lasetti» rusumli YPX xizmat avtomobillari hamda 6 ta «Kris-P» fotoradar kompleksi maketlari o‘rnatildi. Pannolarda tezlikni oshirmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanish, xavfli burilishlar haqida ma'lumot beruvchi, telefondan foydalanib transport vositasini boshqarmaslik, haydovchiga oilasi kutayotganligini eslatuvchi, tezlikni oshirmaslikka va farzandlarni asrashga chaqiruvchi mavzular aks ettirildi.   

Bundan tashqari, «Harakat xavfsizligi oyligi», «Dikkat, temir yul kesishmasi!», «Ta'til», «Profilaktika kuni» va boshqa profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelindi.

«Kris-P», «Arena» fotoradar komplekslari, «Binar» va «Iskra-video-2» rusumli, jami 6 ta tezlikni o‘lchash asboblari bilan jihozlangan «Lasetti» rusumli avtomobillari yordamida kunduzgi va tungi vaqtlarda xizmat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi va xodimlar xizmat faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi.

Lekin shuni alohida ta'kidlash lozimki, olib borilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar, targ‘ibot va tashviqot ishlarining amalga oshirib kelinayotganligiga qaramasdan, o‘tgan 2016 yilning shu davriga nisbatan jami qoidabuzarliklar 954 taga (82125 tadan 83079 taga), shundan, 

-qo‘pol qoidabuzarliklar 777 taga (39706 tadan 40483 taga),

-mast holda transport vositasini boshqarish 60 taga (1691 tadan 1751 taga),

-belgilangan tezlikni oshirish 89 taga (17549 tadan 17638 taga),

-quvib o‘tish qoidasini buzish 169 taga (6045 tadan 6214 taga), 

-odam tashish qoidasini buzish 83 taga (11070 tadan 11153 taga),

-telefondan foydalanish qoidasini buzish 7 taga (110 tadan 117 taga),

-tegishli hujjatlarsiz boshqarish 391 taga (1390 tadan 1781 taga),

shuningdek, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzish 11 taga (272 tadan 283 taga) ko‘p aniqlandi.

Viloyat hududida harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlarga karamasdan viloyat xududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni joriy yilning 6 oyida 2016 yilning shu davriga nisbatan              16,4 foizga yoki 146 tadan 170 taga, ular natijasida tan jarohati olganlar soni 15,1 foizga yoki 112 tadan 129 taga, YTH natijasida vafot etganlar soni 20,5 foizga yoki 34 tadan 41 taga oshdi.

Viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida sodir etilgan bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,2 foizga yoki 18 tadan 14 taga, uning natijasida tan jarohati olgan bolalar soni 33,3 foizga yoki 15 tadan 10 taga kamayishiga erishilgan bo‘lsada, ammo, YTX natijasida vafot etgan bolalar soni 33,3 foizga yoki 3 tadan 4 taga ko‘paydi.

Ko‘proq yangiliklar: