Braziliyaning sobiq prezidenti korrupsiya uchun 9,5 yilga qamaldi

Jahon 23:41 / 12.07.2017 7036

Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 12 iyulda korrupsiya uchun 9,5 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Globo teleradiokompaniyasi xabar bergan. 
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu hukmni Kuritiba shahri federal sudi sudyasi Serjiu Moru chiqargan. U sobiq prezidentni "passiv korrupsiya va pul yuvish" holatlari bo‘yicha aybdor deb topgan. Ta'kidlanishicha, Braziliya tarixida birinchi marotaba sobiq prezident korrupsiyada ayblanib panjara ortiga jo‘natilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: