Made in Uzbekistan: Samsung yangi SmartTV5 va 6 seriya modellarini taqdim etdi

Fan-texnika 22:10 / 11.07.2017 23795

2017 yil 7 iyul kuni poytaxtdagi "Mediapark" (Qoratosh)da Samsung kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi SmartTV5 va 6 televizor  modellarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda nafaqat yangi televizorlar imkoniyatlarini sinab ko‘rish, balki Samsung kompaniyasi vakillaridan maslahatlar olish mumkin.

Yangi imkoniyatlar bilan!

SamsungSmartTV5 va 6 seriyalari o‘z imkoniyatlari bilan har qanday mijozni lol qoldira oladi:

- Televizorning barcha dasturlaridan foydalanish qulay va oson. 

- SamsungSmartTV boshqarish smartfondan foydalanish algoritmiga asoslangan. 

- Televizorlarning dasturiy ta'minot interfeysi iste'molchiga yaqqol va tushunarlidir. 

- SmartTV funksiyalarini masofaviy pult orqali boshqarish mumkin.

- Tilni tanlash imkoniyatlari uchun ovozli boshqaruvdan foydalaniladi. 

Tadbir davomida Samsung Electronics kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shin Vun Min so‘zga chiqib, zamonaviy televizorlarning ko‘plab imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi. 

"Samsung SmartTV - bu sizlarning kelgusidagi emas, balki ayni damdagi imkoniyatlaringizdir. Modellarning barcha texnik imkoniyatlari haqida xodimlarimiz ma'lumot berishadi, televizor xarid qilayotganda esa sotuvchilardan to‘liq maslaxat olishingiz mumkin. Dasturchilarimiz televizor boshqaruvini maksimal darajada har bir inson uchun tushunarli bo‘lishiga harakat qilishgan", deydi Shin Vun Min

Shuningdek, anjumanda jurnalistlar o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Samsung SmartTV bar qancha foydali afzalliklari:

- Raqamli (kabelli, yo‘ldoshli, efirli) televideniya

- Tashqi manbaali (HDMI 1.4 interfeysi) videolar tomosha qilish

- IP-TV ko‘rish imkoniyati

- Internet-syorfing

- Onlayn xizmat va vidjyetlarga ulanish

- AllPlay'ga ulanish. 

Samsung Apps dasturlar do‘konida turli xildagi ilovalarni yuklab olish mumkin: o‘yinlar, yangiliklar, ob-havo, video va h.k. 

Connect Share Movie  funksiyasi orqali esa siz filmlarni fleshka va tashqi qattiq disklar yordamida tomosha qilish imkoniga egasiz.

Bonus! 

Televizorni xarid qilgan har bir mijozga bonus tariqasida Samsung kompaniyasi ichki o‘rnatilgan AllPlay xizmatiga bir yil davomida bepul ulanish imkonini taqdim etadi. 

Taqdimotda 43’, 49‘, 55‘ dioganalli 5 seriya hamda 55‘ dioganalli 6 seriya televizorlari namoyish etildi.

Ko‘proq yangiliklar: