BMT: Raqqada 50 mingga yaqin kishi qolmoqda, suv va oziq-ovqat esa tugamoqda

Jahon 19:20 / 11.07.2017 9555

Suriyaning Raqqasida tinch aholi vakillaridan qariyb 50 mingga yaqin kishi qolmoqda, suv va oziq-ovqat zaxirasi esa tugamoqda. Bu haqda BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Andrey Maxechich ma'lum qildi.

"BMTning fikricha, Raqqada 30 mingdan 50 mingga qadar inson qolmoqda. Vaziyat keskinlik bilan yomonlashmoqda, oziq-ovqat, suv, elektr energiyasi, tibbiy va boshqa xizmatlar juda tanqis. Kishilarga shahardan xavfsiz chiqishni ta'minlab berish o‘ta muhim", - dedi u jurnalistlarga.

BMTning qochqinlar ishi oliy komissari boshqarmasi iyun oyi oxirida Raqqada qolayotgan 100 minglab kishilar haqida ma'lum qilgandi.

Maxechichning qo‘shimcha qilishicha, BMT dushanba kuni Xassaki viloyatidagi qo‘shni Qamishli shahriga chodirlar, adyollar, konserva mahsulotlari va boshqa eng zarur vositalar ortilgan 22 ta yuk mashinasini yuborishga muvaffaq bo‘ldi. U Halabdan Qamishliga yo‘lning ochilishini gumanitar vaziyatdagi “katta o‘zgarish” deb atadi. 

Ko‘proq yangiliklar: