Tillerson Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tashrif buyuradi

Jahon 15:20 / 10.07.2017 2694

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Kuvayt, Qatar va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. U safari davomida mazkur arab davlatlari yetakchilari bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda

Safar 10 iyulda Kuvaytga borishdan boshlanadi va 4 kun davom etadi. AQSh davlat kotibining safaridan ko‘zlangan maqsad Qatar va bir guruh arab davlatlari o‘rtasidagi diplomatik ziddiyatga yechim topishdir, deb yozadi Reuters agentligi.

6 iyul kuni Amerika tashqi siyosat mahkamasi 10 iyul kuni Tillerson Kuvaytga kelishini ma'lum qilgan edi. 

5 iyunda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, diplomatik aloqalarni uzgan edi. Rasmiy Doxa bu ayblovlarni asossiz deb topdi. Kuvayt mazkur kelishmovchilikda vositasi rolini bajarishga urinmoqda. 

Keyinroq, ushbu 4 davlat Kuvayt vositachiligida inqirozdan chiqish yo‘li sifatida 13 talabni ilgari surdi. 5 iyul kuni ultimatum muddati poyoniga yetdi. Doxa esa,talablarni bajarish imkonsizligini qayd etdi. Shundan so‘ng, Fors ko‘rfazining 4 davlati Qatarga siyosiy-iqtisodiy bosim o‘tkazishni davom ettirishga qaror qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: