Portugaliyada samolyot er-xotin janjali tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jahon 14:33 / 10.07.2017 7740

Britaniyaning Jet2.com aviakompaniyasi samolyoti Portugaliyada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu er-xotinning bortdagi janjali tufayli yuz bergan, deb yozmoqda Daily Star gazetasi.

Hodisa Londondan Ispaniyaning Gran-Kanariya oroliga parvoz qilayotgan reysda payshanba, 6 iyul kuni sodir bo‘ldi. Polina Gordon va Ronald Ville avvaliga bir-birlari bilan og‘zaki tortishishgan, keyin esa janjal qo‘l va oyoqlarni ishlatgan holda davom etgan.

Natijada bortkuzatuvchilar ularni tinchlantirish uchun kuch qo‘llashga majbur bo‘lishdi. Layner Portugaliyaning Faru aeroportiga favqulodda qo‘ndi, u yerda er-xotin huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi. Shundan so‘ng havo kemasi Ispaniyaga uchib ketgan. Favqulodda holat sabab reys taxminan bir yarim soatga ushlanib qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: