Poroshenko: Ukraina NATOga a'zolik uchun hozircha ariza yubormaydi

Jahon 14:27 / 10.07.2017 5995

Ukraina NATOga a'zolik bo‘yicha hozircha ariza yubormaydi, mamlakat alyans mezonlariga javob berish uchun islohotlarni o‘tkazishga bor e'tiborini qaratadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina-NATO komissiyasi yig‘ilishining ochilishida ma'lum qilgan.

«Endilikda bizning ustuvor vazifamiz – yevroatlantika xavfsizlik makoniga keyinchalik NATOda a'zolikni qo‘lga kiritish maqsadidagi integratsiyadir... Shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, bu biz a'zolikka darhol ariza yuboramiz, degani emas. Bu, biz haqiqiy islohotlar, hamkorlik dasturini yaratishimiz, kerakli standartlarga erishish uchun sa'y-harakatlarni faollashtirishimiz kerakligini anglatadi, hamda bu yerda bizga NATO bo‘yicha sheriklarimiz yordam kerak bo‘ladi», - deya Poroshenkoning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Kiyev shahriga tashrif bilan kelgan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga alyans bilan yanada qalin hamkorlik haqida va'da bergani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: