Kelajakdagi ish uchun 7 muhim ko‘nikma

Light 08:35 / 10.07.2017 22204

Biz keskin o‘zgarishlar dunyosida yashamoqdamiz. Doimiy ravishda yangi sohalar paydo bo‘lmoqda, avvalgilari esa eskirmoqda. World Economic Forum hisobotiga ko‘ra, yuqori sinf bitiruvchilari tayyorlanayotgan ish o‘rinlarining 65 foizi kelajakda yo‘q bo‘lib ketadi. Ishchi kuchi va bizning bilimlarimiz keskinlik bilan o‘zgarmoqda hamda rivojlanmoqda. Ish o‘rinlarining texnologik jihatdan avtomatlashishi bilan uyg‘unlashganda esa, muhim savol kelib chiqadi: kelajak avlodlar uchun qanday ko‘nikmalar talab etiladi?

Ta'lim sohasidagi mutaxassis Toni Vagner butun umrini shu savolga javob izlashga bag‘ishladi. Vagner ta'lim sohasini tadqiq qilib, soha yetakchilari bilan suhbatlashib, kelajakda kerak bo‘ladigan yettita ko‘nikmani aniqladi. Ular kishilarga o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon etishlarida yordam beradi.

Tanqidiy fikrlash va muammolar yechimi
 
Biz talabalarga savollarga qanday javob berishni o‘rganib, ko‘p vaqtni ketkazamiz, biroq, savollarni qanday berish kerakligi haqida tushuncha berishga erinamiz. Savol berish, ayniqsa, yaxshi savolni berish – tanqidiy fikrlash uchun juda muhim. Muammoni hal etishdan avval tandiqiy fikrlashingiz va bu muammoga nima olib kelganini so‘rashingiz kerak. Shuning uchun tanqidiy fikrlash va muammolar yechimi ko‘pincha bir-biriga hamrohlik qiladi.

Vagnerning ta'kidlashicha, bugungi kunda ishchi kuchi bir necha yil avvalgidan ancha boshqa tashkil etilgan. Bugungi kunda aniq muammolar ustida alohida kishilar emas, balki turli guruhlar ishlayotganini ko‘rish mumkin. Endilikda menejyerda barcha savolga javob yo‘q – ularni topish uchun esa, izlanish lozim bo‘ladi.

Avvalo, aynan shu ko‘nikmalar innovatsiyalarga asos bo‘ladi. Bizga kvo-maqomni shubha ostiga olish va uni tanqid qilish kerak. Bu yangiliklarni joriy etish va muqobil variantlarni o‘ylab topishda qo‘l keladi.

Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik ta'siri

Bugungi kunda eng yirik trendlardan biri ishchi kuchi kontingentining o‘sishi hisoblanadi. Keyingi besh yil davomida doimiy bo‘lmagan va masofadan turib mehnat qiluvchi ishchilar o‘rta statistik kompaniya xodimlari umumiy miqdoridan 40 foizni tashkil etadi. Ko‘rish mumkinki, tarmoq orqali ishlovchi xodimlar foizi ortib borayapti. Transmilliy korporatsiyalar xodimlarga butun sayyora bo‘ylab turli ofislarda ishlash imkonini bermoqda.

Texnologiyalar kishilarga chegaralarsiz ishlash va hamkorlik qilishda yordam beradi, hamda bu juda qiziq. Biroq, tarmoqlar va alohida kishilar o‘rtasidagi raqamli o‘zaro aloqalar shuni ko‘rsatadiki, bizning yoshlarni aynan shunga tayyorlash lozim. New Horizons ta'lim hisobotiga ko‘ra, biz tarmoqlardagi qo‘shma ishga global miqyosda e'tibor berilayotganinini ko‘rishimiz mumkin.

Bunday holatda jamoa ichidagi yetakchilik biroz kamayadi. Jamoalar umumiy maqsadda ishlamoqda va aniq bir yetakchiga bo‘ysunmaydilar.

Chaqqonlik va moslashuvchanlik

Biz ambitsiyalar va noaniqliklarga to‘la murakkab dunyoda yashamoqdamiz. Moslashish va strategiyani aniqlash juda muhim. Bizning bilim va fikrlashimiz yillar davomida qat'iy tartib bilan belgilangan jarayonga moslashib borgan. Biz bir narsani bir marta qilishga o‘rganib, so‘ng uni qayta va qayta qilganmiz. Ta'lim odatga aylangan. Biroq, ta'lim olish hech qachon to‘xtamasa nima bo‘ladi? Bizga bunday sharoitlarda qulay bo‘larmidi?

Texnologiyalarning ta'siri shuni ko‘rsatmoqdaki, biz moslashuvchan bo‘lishimiz va jarayonning kutilmagan oqibatlariga tayyor turishimiz lozim. Bizga tezkorlik bilan o‘rganish va o‘z ko‘nikmalarimizni doimiy ravishda yaxshilab borish talab etiladi.

Tashabbus va ishbilarmonlik

An'anaviy ravishda talabalar universitetda ishlash bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishadi. Ko‘pchilik talabalar uchun tashabbuskorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalari ularning darsdan tashqari faoliyati bir qismi sanaladi. Qisqa muddatli testlar va bilimlarga e'tibor berib, aksariyat o‘quv dasturlari yangilikka chanqoq insonlar va ijodkorlarni ilhomlantirish uchun ishlab chiqilmagan.

Biz yoshlarni yetakchilikka o‘rgatmoqdamizmi? Ularda tashabbuskorlik yetarlimi? Jahon muammolarini hal etishga ko‘mak bermoqdamizmi? Vagnerning aniqlashicha, biznes-yetakchilar hattoki korporativ sharoitlarda ham doimiy ravishda yangi imkoniyatlar, g‘oyalar va tatbiq etish uchun yangi strategiyalar qidiruvchi xodimlarni osonlik bilan topa olishlari bir qadar mushkul ekan.

Samarali og‘zaki va yozma muloqot

Partnership for 21st Century Skills tadqiqotiga ko‘ra, ish beruvchilar orasidagi respondentlarning taxminan 89 foizi o‘rta maktab bitiruvchilari, abituriyentlar muloqot qilishda “biroz qiynalishlarini” ma'lum qilishgan.

Aniq aloqa bu nafaqat til va grammatikadan to‘g‘ri foydalanish masalasi, balki kommunikatsiya ko‘p jihatlarda aniq fikrlashning davomidir. O‘z dalillaringizni aniqlik bilan tushuntirib bera olasizmi? Boshqalarni nutqingiz bilan ilhomlantirish qo‘lingizdan keladimi? Mahsulotni reklama qilib, sotishchi?

Milliarder-tadbirkor Richard Brenson shunday degandi: “Aloqa – istalgan yetakchi uchun eng muhim ko‘nikma”. Uning ta'kidlashicha, bu ko‘nikmaga o‘rganish mumkin, hamda u ko‘plab yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Ma'lumotni baholash va tahlil qilish

Biz ma'lumotlar davrida yashamoqdamiz. Har kuni 2,5 kvintillion bayt ma'lumot yaratiladi. Bu 10 millionta Blu-ray-disklar degani.

Ma'lumot olishimiz bir qadar osonlashgan bo‘lsa-da, yolg‘on xabarlarni olish imkoniyati ham oshgan. Ko‘pchilik raqamli dunyoda ma'lumot manbasi va uning aniqligini to‘g‘ri baholay olmaydi. Bundan tashqari, bazadagi ma'lumotlar, uni yangilagandan ham ko‘ra tezroq rivojlanmoqda.

Shuningdek, soxta yangiliklar davrida faol fuqaro turli manbalardan olayotgan ma'lumotni tanqidiy ruhda qabul qilishga majbur.

Qiziquvchanlik va tasavvur

Qiziquvchanlik – yangi bilim va innovatsiyalarni izlash uchun juda kuchli dvigatel. Bu bolalikka xos bo‘lgan qo‘rquv ko‘nikmalari va dunyo fonidagi hayratning davomi. Yangilanishlarni ko‘rish va kishilarni ularga olib kelish uchun kuchli tasavvur kerak. Albert Eynshteyn tasavvur bilimdan ham muhim narsa ekanini aytgan.

Biz talabalarga savollarni to‘g‘ri berish va javoblar topishga yo‘naltirishdan ko‘ra, ularga qoshiqlab ma'lumot bermoqdamiz. O‘z dunyosi chegaralaridan tashqarida fikrlash qobiliyati, xuddi maktabda fizika yoki matematika bo‘yicha dars o‘tilganidek, tarbiyalanib borishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: