Perishich bitta belgi orqali «Manchester Yunayted»ga o‘tayotganiga ishora qildi

Sport 12:00 / 09.07.2017 13455

«Inter» yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi oydinlashmoqda.

Ushbu xorvatiyalik futbolchi tvitterida «MYu»ga o‘tayotganiga shama qildi - u akkauntida qizil doira belgisini, ya'ni «qizil iblislar»ning asosiy rangidagi belgini qoldirgan.

Perishich 2015 yilda «Inter» safiga o‘tish oldidan ham shunga o‘xshash tvit yozgan, neradzurrilarning asosiy ranglari bo‘lmish ko‘k va qora ranglardagi doiralar belgisi orqali ushbu jamoaga o‘tayotganiga ishora qilgandi.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu futbolchi transferi uchun «Inter» 50 million yevro talab qilayotgani, «MYu» esa ushbu transferni 40 million yevro evaziga amalga oshirishni rejalashtirgani aytilagandi.

«Inter»ning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti futbolchini tarkibda saqlab qolishni istagan.

Keyinroq futbolchining o‘zi Angliyaga ketishni istayotgani va klub rahbariyatiga shu istagini ma'lum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: