«MYu» Morata transferidan voz kechdi. Endi jamoada boshqa maqsad bor

Sport 15:30 / 09.07.2017 13832

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino klub ijrochi vitse-prezidenti Ed Vudvorddan «Real»dan Alvaro Moratani transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishni so‘ragan.

The Independent nashrida xabar qilinishicha, «qizil iblislar» «Real»ni tark etishga qaror qilgan kolumbiyalik 25 yoshli yarim himoyachi Xames Rodriges transferi bo‘yicha muzokara boshlagan.

Bundan avvalgi xabarlarda Lukaku uchun kurashda yutqazgan «Chelsi» Alvaro Morata va Xames Rodrigesni sotib olish uchun harakat boshlagani aytilgandi.

Xames yangi raqobatchi tufayli «Real»dan ketishga qaror qildi

Ko‘proq yangiliklar: