Konte Lukakuni o‘ziga sotqinlik qilishda aybladi

Sport 10:00 / 09.07.2017 11783

«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku «Manchester Yunayted»ga o‘tish variantini tanlaganidan xafa bo‘ldi.

«Chelsi» ham ushbu futbolchi uchun manchesterliklar kabi 75 million funt taklif etgandi, ammo Lukaku va uning agenti Mino Rayola «MYu» variantini tanladi.

The Times xabariga ko‘ra, yoz boshidan buyon Konte ushbu belgiyalik hujumchi bilan bir necha marta muloqot qilgan. Murabbiy futbolchi «Chelsi»ga qaytishiga ishonayotgandi. Endilikda Lukakuning «MYu»ga o‘tishini Konte xoinlik sifatida baholamoqda.

Yozdagi ilk transfer maqsadi amalga oshmagach, Konte e'tiborini – Alvaro Morata va Fernando Lorentega qaratmoqda.

Kontening o‘zi hali klub taklif etayotgan 4 yillik shartnomaga imzo chekmayapti. Bundan avvalroq u jamoa rahbariyatidan transferlardagi sustkashlik uchun norozi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: