«MYu» Lukakuni transfer qilayotganini tasdiqladi

Sport 14:54 / 08.07.2017 5813

«Manchester Yunayted» «Everton»dan belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni sotib olayotgani haqida o‘z rasmiy saytida e'lon qildi

Bungacha berilgan xabarlarda «Yunayted» ushbu futbolchining transferini 100 million funtga baholagani, dastlab 75 mln funt to‘lanishi, 15 mln funt bonuslar ko‘rinishida berilishi, yana 10 mln funt – «MYu»dan «Everton»ga ushbu transfer doirasida o‘tayotgan Ueyn Runining narxi ekani aytilgandi.

«MYu» xabarida Lukaku tez orada Los-Anjyelesda tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tasdiqlagan. Futbolchi ayni vaqtda AQShda Pol Pogba bilan birga ta'tilni o‘tkazmoqda.

Manchesterliklar klubi 24 yoshli futbolchi uchn «Chelsi» bilan raqobatlashgandi, londonliklar jamoasi ham «MYu» kabi 75 million funt taklif qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: