O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi

O‘zbekiston 19:15 / 07.07.2017 29297

O‘zbekistonda nodavlat notarial idoralari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda mazkur idoralarning faoliyatiga doir qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Raqobat bo‘lgan har bir sohada yangiliklar, rivojlanishlar kuzatiladi. Xususiy, aniqrog‘i, Davlat byudjyetidan tashqari faoliyat olib boruvchi notarial idoralarning tashkil etilishi o‘z samarasini berishiga ishonaman», deya  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Anvar Usmonovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Ta'kidlanishicha, notariat sohasiga qiziquvchi oliy ma'lumotli va malakaga ega bo‘lgan fuqarolar Davlat byudjyetidan tashqari notarial faoliyat bilan shug‘ullanishga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Ular maxsus kommissiyaga imtihon topshirgan holda kerakli sertifikat yoki litsenziyani olish imkoniga ega bo‘lishadi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Davlat byudjyetidan tashqari bo‘lgan notariat idoralarini birlashtirib turuvchi va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus palata tashkil etiladi. Mazkur idora xodimlarining malakasi muntazam ravishda oshirib borilib, muayyan vaqtdan so‘ng attestatsiyadan o‘tishlari ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: