So‘rovnoma: Fuqarolar Notarial idoralar faoliyatidan nega norozi?

Jamiyat 15:43 / 07.07.2017 13726

Joriy yilning 12-17 iyun kunlari davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazining rasmiy veb-sayti orqali “Notariat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” mavzusida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan jami 1104 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazish jarayonida fuqarolardan notarial idoralar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartib-taomillari, notarial xizmatlar uchun olinadigan davlat boji miqdorlari haqida fuqarolarning qay darajada axborotga ega ekanliklari yoki noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lganliklari kabi holatlar haqida so‘raldi. Respondentlarning ko‘p qismini, ya'ni 58.1 foizni Toshkent shahri tashkil qildi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, respondentlarning ko‘pchiligi 64.9 foizi (716 nafar) notarial idoralar xizmatidan foydalanganda noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lganliklari, 21 foizi (231 nafar) guvoh bo‘lmaganliklari ma'lum bo‘ldi. 

Ushbu holatlarni batafsil aniqlashtirish maqsadida, notarial xizmatdan foydalanish vaqtida quyidagi noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lganliklari ma'lum bo‘lgan:

- Preyskurantda belgilanganidan ko‘proq haq olinadi (678 nafar ishtirokchi);
- Xodimlar xizmat ko‘rsatishdan asossiz bo‘yin tovlashadi (420 nafar respondent); 
- Ortiqcha hujjatlar talab qilinadi (319 nafar respondent). 

So‘rov jarayonida fuqarolardan notarial idoralar faoliyatida qanday muammolarga guvoh bo‘lganliklari haqida so‘raldi. So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, respondentlarning ko‘pchiligi, ya'ni 788 nafari notarial tasdiqlash uchun bir necha soat yoki kunlab vaqt kutishga to‘g‘ri kelganini bildirganlar. 542 nafar respondent tomonidan tanish-bilishlarga, telefon orqali aytganlarga yaxshi xizmat ko‘rsatilishi, 529 nafar respondent notarial idora xodimlari tomonidan mijozlarga qo‘pol muomalada bo‘lish muammosi mavjudligi, shuningdek, 465 nafar respondent notarial idora xodimlarining soni yetarli emasligi, 241 nafar respondent notariuslarning aksariyati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olmasligidan shikoyat qilganlar. 88 nafar respondent notariat idoralarining fuqarolar istiqomat qiladigan joydan juda uzoqda joylashganini bildirganlar.

Ko‘proq yangiliklar: