Reks Tillerson Kuvaytga Fors ko‘rfazi mojarosini muhokama qilish uchun boradi

Jahon 12:05 / 07.07.2017 3474

AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson 10 iyul kuni Kuvaytga boradi. U bu yerda Qatar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan.

"Kuvayt amiri taklifiga ko‘ra davlat kotibi 10 iyul kuni ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. U Kuvaytning oliy martabali rahbarlari bilan uchrashib, Fors ko‘rfazidagi vaziyatni muhokama etadi", deyilgan xabarda.

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr o‘tgan oy boshida Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgandi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qo‘llashda va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishda ayblagan.

Keyinroq arab davlatlari Qatarga ultimatum e'lon qildi, 13ta talab bayon etilgan talabnoma yo‘llanib, uning bajarilishi uchun 10 kun muhlat berildi. Bu talablar qatorida Eron bilan aloqalarni uzish, turklarning harbiy bazasini yopish, terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirishni to‘xtatish, boshqa arab davlatlari ichki ishlariga aralashishni hamda muxolifat kuchlarini qo‘llashni bas qilish, shuningdek, "Al-Jazira"ning barcha tarmoqlarini yopish bor edi.

Qatar qo‘shnilarining ayblovlarini rad etib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: