O‘zbekiston-Koreya texnoparkining qurilishi 2018 yilda nihoyasiga yetadi

O‘zbekiston 10:25 / 06.07.2017 13070

O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tashabbusi bilan ayni kunlarda Koreya hukumatining 15 mln. dollar hajmidagi ko‘magi bilan «Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik Texnoparki» loyihasi amalga oshirilmoqda. Texnoparkning ishga tushirilish muddati 2018 yil sentabr oyiga rejalashtirilgan. Bu haqida «O‘zbekengilsanoat» AJ tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. 

Loyihaning maqsadi – respublika to‘qimachilik sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, to‘qimachilik sohasida istiqbolli texnologik yo‘nalishlarni rivojlantirish, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, gazlama va kiyimlarda yangi dizayn yaratish, bo‘yash va bezak berish, materialshunoslik sohalarida tadqiqot ishlarini olib borish va texnologik «nou-xau»larni yo‘naltirish, inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish hamda to‘qimachilik va yengil sanoat uchun mutaxassislar va ekspertlar tayyorlashdir. 

Hozirda yengil sanoat sohasini rivojlantirishda asosiy e'tibor yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda innovatsion texnikalarni keng joriy etishga, shuningdek, tarmoq uchun yosh mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida zamonaviy ilmiy va institutsional bazalarni yaratishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: