Ronaldu «Real» rahbariyatiga o‘z qarorini ma'lum qildi

Sport 10:13 / 05.07.2017 47472

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu keyingi mavsumda ham Madridning «Real» klubida o‘ynaydi.

AS manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 32 yoshli hujumchi o‘z qarori haqida «qaymoqranglilar» jamoasi rahbariyatiga ma'lum qildi.

O‘tgan oy davomida ushbu futbolchi Ispaniyadagi qonunlardan aziyat chekayotgani va bu vaziyatda klub rahbariyati o‘zini yetarlicha qo‘llab-quvvatlamayotgani tufayli klubdan ketishi mavzusi muhokamalar markazida bo‘lgandi. U «Manchester Yunayted» yoki «PSJ»ga o‘tib ketishi haqida yozildi. Ammo jamoa murabbiyi, futbolchilari va klub rahbariyati uni qolishga ko‘ndirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: